Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Ahil bo‘linglar": AQSh Qirg‘iziston va Tojikistonga murojaat qildi

"Ahil bo‘linglar": AQSh Qirg‘iziston va Tojikistonga murojaat qildi

Vashington qirg‘iz-tojik chegarasidagi so‘nggi o‘zgarishlardan xavotir bildirdi.«Qo‘shma Shtatlar qirg‘iz-tojik chegarasida yana zo‘ravonliklar sodir bo‘lishidan chuqur xavotirda. Biz qurbonlar, ularning oilalari va zo‘ravonlik tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lganlar haqida qayg‘uryapmiz», - deb yozdi AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays tvitterdagi sahifasida.

«Biz chegara masalalarini muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga va ahil yashashga chaqiramiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmati shanba kuni xabar berishicha, 29 yanvar holatiga ko‘ra, davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida vaziyat barqaror deb baholanmoqda.

Xabar berganimizdek, keyinroq Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, chegaraga jalb qilingan qo‘shimcha kuch va texnikalarni joylashtirish joylariga olib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Kiritildi: 13:06 29.01.2022. O'qildi: 3933 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!