Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Agroklaster ma’muriyati ko‘magi bilan aholi toza ichimlik suviga ega bo‘ldi

Agroklaster ma’muriyati ko‘magi bilan aholi toza ichimlik suviga ega bo‘ldi

Andijon viloyati, Bo‘ston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri ma’muriyati ko‘magi bilan aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ta’minlandi.

Ma’lumki, avvaldan Bo‘ston tumanidagi Guliston mahallasi, ayniqsa Uvaysiy ko‘chasida istiqomat qilayotgan ko‘p sonli aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan bo‘lib, qishloq aholisi qariyb 20 yildan buyon ichimlik suvini uzoq masofalardan tashib kelgan. Bu esa aholiga ortiqcha ovoragarchiliklar va noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

Suv hayot manbai. Shu boisdan qishloq xo‘jalik klasteri rahbarlari ushbu hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdilar va Uvaysiy ko‘chasida qariyb 1000 ming metrlik masofaga polietilen quvurlari yotqizilib, buning natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga erishildi. O‘z o‘rnida bu kunlarni ko‘p yillardan beri orziqib kutgan qishloq aholisi “ob-hayot” ulashganlardan minnatdor bo‘ldilar.

Ilhomjon TOJIBOYEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

paxta to‘qimachilik klasteri

matbuot xizmati xodimi

Kiritildi: 17:37 23.06.2021. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!