Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Agrobankning sobiq xodimi 45,3 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan

Agrobankning sobiq xodimi 45,3 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan

Departamentning Denov tuman bo‘limi xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruvda ATB «Agrobank» Denov filiali kredit monitoringi bo‘limi sobiq xodimi J.A. xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zi va turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan telefon raqamlariga SMS xabarnoma xizmatini aktivlashtirgan. 

«Agrobank mobil» ilovasini telefoniga yuklab olib, «onlayn mikroqarz» olish uchun so‘rovlar yuborgan. Mobil ilova dasturi orqali 14 nafar fuqaroga 45,3 mln so‘m kredit mablag‘ini chiqargan. O‘zgalarning hisobidan olgan kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari va boshqa maqsadlar uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan ATB «Agrobank» Denov bo‘limining sobiq xodimi J.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:05 17.01.2021. O'qildi: 2357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!