Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Agrobank» xodimi o‘qituvchilar nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgan

«Agrobank» xodimi o‘qituvchilar nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.

Unda ATB «Agrobank» Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzgani aniqlandi. Xodim ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. so‘mdan jami 735 mln. so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olishiga erishib, lekin ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga «Lenovo» rusumli noutbuklarni berganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:53 22.09.2019. O'qildi: 2589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!