Amerikalik tadbirkor, muhandis va milliarder Ilon Mask AQSh prezidentligi saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp g‘alaba qozonsa, Vashington va Pekin o‘rtasida vositachi bo‘lishi mumkin.
Bloomberg agentligi xabar berishicha, milliarderning Tesla kompaniyasi Xitoyda soliq imtiyozlari oldi. Bundan tashqari, Xitoyda u davlat xaridlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Bularning barchasi, shuningdek, Mask va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi bir qator masalalar bo‘yicha fikrlarning o‘xshashligi amerikalik milliarder, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Xitoy rahbarining "nufuzli do‘sti"ga aylanishi mumkinligidan dalolat beradi, deb yozadi agentlik.