Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Agar talabaning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, o‘z xohishi bilan o‘qishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin

A A A
Agar talabaning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, o‘z xohishi bilan o‘qishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin

Bu haqda AOKA press-xolida o‘tgan matbuot anjmumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi:

⏳ «Oliy ta’lim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi bo‘yicha to‘liq grafigini tayyorladi. 16 noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi bo‘yicha ketma-ketlikda an’anaviy ta’limga jalb qilish OTMning o‘zining vakolatida.

Talabalarning imkoniyatlari va OTMning imkoniyatlari birinchi navbatda hisobga olinishi kerak. Har qanday sharoitda ham bugungi kunda talabaning yoki OTM xodimining sog‘lig‘ini o‘ylagan holda amalga oshirishimiz kerak. Har bir oliy ta’lim muassasasi mana shu talabga rioya qilgan holda jarayonni boshlayapti.

Agar talabalarning imkoniyatlari mavjud bo‘lmasa, o‘z xohishi bilan masofaviy ta’limda davom ettirish imkoniyati bor».

Kiritildi: 18:13 14.11.2020. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!