"Agar Putin shu haftada o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlashga rozilik bermasa, sanksiyalarni sezilarli darajada kuchaytirish ustida Yevropa Ittifoqi darajasida birgalikda ishlaymiz", — dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers Gresiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan matbuot anjumanida.
Mersning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar energetika hamda moliya sohalarini qamrab oladi.