Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afsus! Koronavirus tufayli musulmonlar uylaridan quvildi

Afsus! Koronavirus tufayli musulmonlar uylaridan quvildi

Panjob shtatidagi Xoshiarpur qishlog‘ida achinarli voqealar yuz bermoqda. Mahalliy hindlar, pandemiyada musulmonlarni ayblab, ularni kaltaklab, talon-taroj qilingan holda o‘z uylaridan haydab chiqardi. Mahalliy aholi bundan buyon musulmonlarni o‘zani qurigan daryo bo‘yida yashashga majbur qilyapti. Shu bilan birga, barcha mazlumlarga (ularning orasida bolalar ham bor) hatto tirikchilik uchun borishlari daryoning quyi qismidan chiqib ketishlari taqiqlangan.

Ta’kidlash joizki, mahalliy politsiya hindaviylar tomoniga o‘tib, o‘zanni o‘rab qo‘ydi va musulmonlar undan chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. Xabar qilinishicha, qishloq musulmonlariga tibbiy yordam ham ko‘rsatilmagan. Qurbonlardan biri Shafi Muhammadning so‘zlariga ko‘ra, Panjobda musulmonlarning ta’qib qilinishi Dehlidagi "Jamaat Tablig‘i" guruhining bir qator chiqishlaridan so‘ng boshlangan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:52 10.04.2020. O'qildi: 4676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!