Afsonaviy tennischi Rafael Nadal faoliyatini yakunlaganidan so‘ng «Real» klubi prezidenti bo‘lmoqchi ekanligini aytdi.
«Ha, men «Real»prezidenti bo‘lishni xohlardim. Ammo hozir bizda eng yaxshi rahbar (Florentino Peres) bor», — deya ispaniyalik tennis yulduzining so‘zlarini keltiradi beIN Sports.
Avvalroq 38 yoshli sportchi noyabr oyidagi Devis kubogidan keyin faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.
Nadal 22 karra «Katta dubulg‘a» chempioni sanaladi. U 209 hafta davomida ATP reytingida yetakchilik qilgan.