2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tez yurar yo‘lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.
"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:
Toshkent — Buxoro
VIP 994 000 so‘m
Biznes 751 000 so‘m
Ekonom 484 000 so‘m
Toshkent — Qarshi
VIP 854 000 so‘m
Biznes 634 000 so‘m
Ekonom 406 000 so‘m
Toshkent — Samarqand
VIP 619 000 so‘m
Biznes 450 000 so‘m
Ekonom 294 000 so‘m etib belgilandi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ buni "Bugungi kunda sohada temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish" bilan izohlagan.