Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Afrikalik ayolning birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirgani yolg‘onmi?

Afrikalik ayolning birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirgani yolg‘onmi?

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da biryo‘la 10 farzandni dunyoga keltirgani aytilgan 37 yoshli Goziam Sitxol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Ayolning eri polisiyaga murojaat qilib, Sitxol g‘oyib bo‘lganini va 8 iyun kuni, u o‘nta bola dunyoga keltirganini e’lon qilganidan keyin darhol aloqalarni uzganini aytdi.

Respublikada amalda bo‘lgan ruhiy salomatlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, gumonlanuvchi tekshiruv uchun 72 soat davomida ushlab turilishi mumkin. Polisiya ayolni hibsga olib, keyin vakolatli xizmatlarga topshirdi. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, ayol o‘tgan yili homilador bo‘lmagan.

Sitxolning turmush o‘rtog‘i ma’lum qilishicha, ayol tug‘ruqni amalga oshirgan shifoxona ham ushbu ma’lumotni tasdiqlay olmadi. Ular ayolga hech qanday tibbiy xizmat ko‘rsatilmaganini ta’kidladi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi iyun oyida hech bir kasalxonada bir ayolning shuncha chaqaloq dunyoga keltirgani ro‘yxatga olinmaganini qo‘shimcha qildi.

Hozir Sitxol Yoxannesburgdagi kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlar nazorati ostida. Ayolning advokati Refiloy Makoynaning so‘zlariga ko‘ra, Sitxol tibbiy muassasada majburan saqlanmoqda, u sudga murojaat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kuni kechqurun Goziam Sitxol Pretoriya kasalxonasida kesarcha kesish yo‘li bilan biryo‘la o‘nta farzand dunyoga keltirgani haqida xabar tarqaldi. Xabarlarda chaqaloqlar yetti o‘g‘il va uch qiz ekani aytilgan.

9 iyun kuni JAR hukumati biryo‘la 10 farzandni dunyoga keltirgan ayolni topa olmayotganini, shu sababli mamlakat tibbiyot muassasalarida bunday tug‘ilish sodir bo‘lganini tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 13:17 22.06.2021. O'qildi: 2773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!