Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Afg‘onistonning Salang dovonida qor yog‘ib harakat qiyinlashdi

Afg‘onistonning Salang dovonida qor yog‘ib harakat qiyinlashdi

Qo‘shni Afg‘onistonning muhim transport bo‘g‘ini - Salang dovonini allaqachon qor qopladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, dovonning shimoliy tomonida qor yog‘ishi va muzlamalar tufayli transpor harakati murakkablashgan, janubiy qismi - hozircha ochiq.
"Men Salang dovonining shimoliy qismi uchun javob beraman. Dovonning shimoliy qismi qor bilan qoplangan, janubda hozircha qor kam. Ma’muriyat xodimlari aholiga yordam berib turibdi. Dovon qor bilan yopilib qolmasligi uchun harakat qilayapmiz", - dedi ma’muriyat vakili.
Tolibon muvaqqat hukumati qish mavsumida Qobul va Afg‘oniston janubidagi shaharlar ta’minoti uzilib qolmasligi uchun Salang dovonida avtomobil harakatini ta’minlash uchun kerakli texnika bilan jihozlangan maxsus guruhlar tashkil etgani haqida oldin xabar bergan edik.

Aytish joizki, Salang dovoni Afg‘oniston markaziy va janubiy qismining kun ko‘rishi uchun o‘ta muhim transport arteriyasidir. Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarirdan olib kelinayotgan yonilg‘i, oziq-ovqat, tibbiy mahsulotlar, umuman hayot uchun kerakli hamma narsa shu yo‘ldan olib o‘tiladi. Uning quvvati sutkasiga 500ta yuk mashinasiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, aslida dovondan kuniga mingtagacha texnika o‘tgan vaqtlar ham bo‘lgan. Sovet davrida har qanday ob-havo sharoitida dovondagi yo‘llar ishlab turishini ta’minlash maqsadida u yerda 7ta yo‘l otryadi 24 soat davomida ishlardi.

Kiritildi: 21:08 23.10.2021. O'qildi: 3415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!