“Afg‘oniston borasida O‘zbekiston pozisiyasi aniq va ravshan. Biz Afg‘onistonni ajartib qo‘yish samarasiz yo‘l deb hisoblaymiz. Bunday izolyasiya Afg‘onistonda terrorchi tuzilmalar joylashib olishiga sharoit yaratadi”, - dedi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov Sputnik'ga.
Aripov aytishiga ko‘ra, Afg‘oniston bilan suhbat qilish, uni hududiy iqtisodiy infratuzilmaviy loyihalarga jalb etish juda muhim. Masalan CASA-1000, TAPI, Transafg‘on transport koridori kabi loyihalar.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish Markaziy Osiyo davlatlariga ulkan imkoniyatlar yaratadi va Afg‘onistonda vaziyat barqarorlashishi uchun imkon yaratadi.