Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afg‘onistonlik otaxonlar Surxondaryoni ziyorat qildi (foto)

Afg‘onistonlik otaxonlar Surxondaryoni ziyorat qildi (foto)

Surxondaryo viloyati hokimligi taklifi bilan qo‘shni Balx viloyati nuroniylaridan bir guruhi Termiz shahriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Tashrif davomida mehmonlar Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy, Termiz tumanidagi Hakim at-Termiziy ziyoratgohlari, Sulton Saodat yodgorlik majmuasini ko‘zdan kechirdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib, ixtisoslashgan shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

«Afg‘onistonlik mehmonlar viloyat hokimi Bahodir Po‘latov bilan ham uchrashib, ushbu xayrli tashabbus uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi», — deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 18:36 14.09.2018. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!