Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 14 iyul, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:34 da Afg‘onistonda zilzila yuz berdi.

Zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 145 kilometr janubiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 4,7, chuqurlik — 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

  • Namangan : 496 km, 2 ball;
  • Andijon: 485 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 431 km, 2 bal;.
  • Guliston: 471 km, 2 ball;
  • Jizzax: 473 km, 2 ball;
  • Samarqand: 483 km, 2 ball;
  • Termiz: 326 km, 2 ball;
  • Qarshi: 513 km, 2 ball.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgan, Toshkent va Jizzaxda sezilgan yerosti silkinishining kuchi 3 ballni tashkil etgandi.

Kiritildi: 13:23 14.07.2020. O'qildi: 2527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!