Afg‘oniston markazidagi G‘azni shahrida portlash yuz berdi, qurbonlar bor.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi. Guvohlar xavfsizlik xizmati xodimlari va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lganini aytgan.
Hujum vaqtida avtomobil ichida joylashtirilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Buning oqibatida 20 nafar harbiy halok bo‘lgan.
Mahalliy kasalxona rahbari jabrlanganlarning barchasi harbiy xizmatchilar ekanligini ma’lum qilgan.
Hali bironta guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.