Bugun 27 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afg‘onistonda ayollar bozori ochildi

Afg‘onistonda ayollar bozori ochildi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda ayollar bozori ochildi. Uning maqsadi so‘nggi ikki yil ichida ishsiz qolgan 100 dan ortiq tadbirkor ayollarni ish bilan ta’minlashdan iborat, deb xabar beradi Kazinform XAA TOLO Newsga tayanib.

Bozor asoschisi Rajmana Xoliqiyning so‘zlariga ko‘ra, uning maqsadi hozirgi vaziyatda Afg‘onistonda yashovchi ayollar uchun qulayroq sharoit yaratish.

Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan bozor sotuvchisi Olya Ahmadyor tadbirkorlik bilan shug‘ullanganiga 18 yildan oshdi va do‘konda o‘z mahsulotlarini ishonch bilan sotishi mumkinligini aytadi.

"Bunday bozor ochganimizdan xursandmiz, chunki ilgari mahsulotimizni sotadigan joy yo‘q edi. Buyurtmalar olamiz, sotuvlarimiz bor", – deydi Ahmadyor.

Bozordagi ishbilarmon ayollar o‘zlari uchun shunday xavfsiz joy yaratilgani uchun minnatdorchilik bildirib, Islom Amirligidan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

“Bu, ayniqsa, ayollar uchun juda yaxshi, chunki bu yerda sotuvchilar ham, xaridorlar ham ayollar, demak, ayollar ayollarga xizmat qiladi”, – deydi tadbirkor ayol Shukriya Ahmadyor.

“Men Islom Amirligidan mahsulotlarimizni sotishda bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘rayman”, – deydi Feroza ismli yana bir tadbirkor.

Bu bozorga narsa sotib olish uchun kelgan ba’zi ayollar Islom Amirligidan ularga ishlash imkoniyatini berishni so‘ragan.

"Biz Islom Amirligidan ayollarning oyoqqa turishi uchun ishlashga ruxsat berishini so‘raymiz. Chunki oilada ularni boqish uchun erkaklari yo‘q ayollar bor, shuning uchun ayollar ishlashi kerak", – deydi restoran menejeri Mina.

Bozorda restoran, maysazor va ayollar tomonidan boshqariladigan 30 dan ortiq do‘kon bor, deydi rasmiylar. Har kuni ayollar bu yerga xarid qilish uchun kelishadi.

Bozor taxminan 20 gektar maydonni egallaydi. Bozor qurilishi 50 million afg‘oniyga tushgan.

Kiritildi: 16:30 20.09.2023. O'qildi: 42094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!