Afg‘onistonni nazorat qilayotgan Tolibon Pokistonning Afg‘oniston janubi-sharqidagi havo hujumini qoralab, Kobul 46 kishi halok bo‘lganini aytdi.
Bu haqda Khaama Press axborot agentligi ma’lum qildi.
Tolibonga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Yana olti kishi jarohatlangan.
Pokiston armiyasiga yaqin axborot manbalarining xabar berishicha, Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi zarbalar chog‘ida Pokiston havo kuchlari “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” guruhining to‘rtta bazasini yo‘q qilgan va bir necha jangari yo‘q qilingan.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonga afg‘on aholisining o‘limi va mamlakat suverenitetini buzgani uchun javob berishga va’da berdi.
Pokiston tomoni hujumlar yuzasidan hali rasman izoh bermadi.