Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Afg‘oniston delegasiyasi Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi

Afg‘oniston delegasiyasi Termiz xalqaro savdo markazi faoliyati bilan tanishdi

Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari D.Rasulov delegatlarni Termiz shahrining Afg‘oniston bilan chegaradosh hududidagi "Intermex" xalqaro savdo majmuasi faoliyati bilan tanishtirdi hamda ikki davlat vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida eksport-import aloqalari kengayib borayotgani hamda Savdo markazi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda muhim koridorligi ta’kidlanib, afg‘onistonlik tadbirkorlarning Savdo markazida faoliyat yuritishi uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 16:15 23.04.2024. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!