Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

“Adolat” SDP mas’ullarga fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi yuzasidan so‘rov yubordi

“Adolat” SDP mas’ullarga fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi yuzasidan so‘rov yubordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari “Darknet” va boshqa ochiq internet resurslariga sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan mas’ul davlat organlariga deputatlik so‘rovi yubordi.

Ma’lum qilinishicha, partiya deputati Mahmud Valiyev mazkur holatning fuqarolarning huquqiy hamda moliyaviy xavfsizligiga tahdid solayotganini inobatga olgan holda Raqamli texnologiyalar vaziri, Ichki ishlar vaziri va Milliy statistika qo‘mitasi raisiga tegishli so‘rovlar yo‘llagan.

Deputatlik so‘rovlarida shaxsiy ma’lumotlar himoyasi holati, ehtimoliy kiberhujum sabablari, tezkor-qidiruv ishlari, shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun ko‘rilayotgan texnik va tashkiliy choralar yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.

Kiritildi: Bugun 18:11. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!