Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Adliya vaziri "Kerak bo‘lsa, maxsus ruxsatnomani o‘zimiz olib borib beramiz. DXAga kelmang!"

Adliya vaziri "Kerak bo‘lsa, maxsus ruxsatnomani o‘zimiz olib borib beramiz. DXAga kelmang!"

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida fuqarolardan maxsus ruxsatnomani olish uchun karantin qoidalarini buzib, DXAga bormasliklarini so‘radi.

«Avtotransport cheklovini yuz foiz to‘xtatib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi kabi eng muhim holatlarda avtotransport harakati kerak. Faqat suiiste’mol bo‘lmasligi uchun biz mezonlarni kiritishga majburmiz.

Eng og‘ir sharoitlarni belgilaganimizda ham suiiste’molga harakat qilish holatlari bo‘lyapti. Shuning uchun bir narsani murojaat qilib aytmoqchimiz: fuqarolarimiz biron bir holatda ham Davlat xizmatlari markazlariga bormasliklari kerak.

Oldin elektron xizmat ko‘rsatishda elektron imzo shart bo‘lardi. Oson bo‘lishi, bemalol murojaat qilish uchun hozir buni ham bekor qilganmiz.

[Maxsus ruxsatnoma] tayyor bo‘lsa, rad qilinmaydigan holatda biz o‘zimiz tegishli xabarni yuboramiz. Kerak bo‘lsa, o‘zimiz olib borib beramiz. Ya’ni karantin qoidalarini buzib, Davlat xizmatlari markazlariga kelishga ehtiyoj yo‘q», – dedi Adliya vaziri Davletov.

Kiritildi: 08:30 02.04.2020. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!