Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bila olishadimi?

Abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bila olishadimi?

Avval xabar berganimizdek, 13 avgustda bo‘lgan test natijalari ham e’lon qilinibdi. Demak, bu degani — 1 avgustdan 13 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan barcha test sinovlarining natijalari ma’lum bo‘ldi. Bu xaqda Xushnud Xudoyberdiyev yozyapti.

"Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Demak, endi https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi.

Qissadan hissa, hozir asosiy kvota bo‘yicha o‘qishga kirganlar ro‘yxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib o‘tirmasdan, talabalikni allaqachon nishonlayversa bo‘ladi.

Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi (ya’ni 1 kishi 5 ta ro‘yxatda turibdi), mandatda esa faqat 1 ta ro‘yxatda qoladi va to‘rttasidan o‘chiriladi. Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi.

Bundan tashqari harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumiy ro‘yxatdan chiqib ketadi.

Xullas, mandat chiqqanda hozirgi ro‘yxatdagi o‘rningizdan teparoqqa ko‘tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq.

Demak, hozir ro‘yxat bo‘yicha ajratilgan kvota ichida turganlar albatta talaba bo‘ladi. Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar budjetga ko‘tarilishi ham mumkin.

Kira olmaganlarchi? Ular umid qilsa bo‘ladimi?

Ha, bo‘ladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi", deb yozadi u.

Kiritildi: 22:50 14.08.2023. O'qildi: 36467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!