Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abduvali Qutbiddin vafot etdi

Abduvali Qutbiddin vafot etdi

Bugun, 8 dekabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Abduvali Qutbiddin 59 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abduvali Qutbiddin betobligi sabab, ikki haftadan ortiq vaqt davomida shifoxonada bo‘lgan.

Janoza bugun, 8 dekabr kuni marhumning ota yurti Samarqand viloyatining Urgut tumani, Mergancha mahallasida soat 14:00da o‘qiladi va Urgutning So‘fiyon mahallasidagi Chor chinor ziyoratgohi qabristonida, bobosi, taniqli olim shayx Qutbiddin Muhiddinov yonida dafn etiladi. 

Abduvali Abdumo‘minovich Qutbiddinov 1983 yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining «Zarafshon» gazetasida boshlab, keyinchalik G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «Yozuvchi» nashriyotida, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, «Xalq so‘zi» gazetasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Shoirning «Nayson», «Humo», «Baxtli yo‘l», «Bor» (saylanma, 2011) kabi she’riy to‘plamlari, «Ozodlik» nomli dostoni chop etilgan.

Abduvali Qutbiddin «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etamiz.

Kiritildi: 10:10 08.12.2019. O'qildi: 2880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!