Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Abdulla Oripov" hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

A A A
"Abdulla Oripov" hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmning premyerasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag‘ishlangan filmlar yaratildi.

Premyeradan oldin Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti tomonidan "She’riyatga baxshida umr" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi. Tadbirda shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, she’riy parchalar ijro etildi. Ma’lumot uchun, bu yil Abdulla Oripov tavalludiga 80 yil to‘ldi.

Shundan so‘ng, Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti buyurtmasiga binoan “SPECTRE” studiyasi tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” hujjatli filmi namoyish etildi.

Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.

Filmni tasvirga olish ishlari Toshkent va Qashqadaryo viloyatida, Toshkent shahrida hamda “O‘zbekfilm” kinokonserni pavilyonida bo‘lib o‘tgan.

Kuni kecha Bobur haqidagi hujjatli film namoyish etilgandi. Oldinda Ogahiy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Kiritildi: 21:26 07.09.2021. O'qildi: 3035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik