Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abdulla Aripov: "Kimga beryapmiz mustaqillikni?"

Abdulla Aripov: "Kimga beryapmiz mustaqillikni?"

Xabar qilganimizdek Bosh vazir Abdulla Aripov kecha, 17 fevral kuni “Human” XBAdan zarar ko‘rganlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qildi. Bosh vazir uchrashuvda O‘zbekistonning YEOIIga qo‘shilish ehtimoli haqida gapirdi. Bu haqda “Daryo” xabar qildi.

Aripovning aytishicha hozirda ushbu masala o‘rtaga tashlangan, uning foydali va zararli tomonlari o‘rganilmoqda. Uning ma’lum qilishicha bugungi kunda Rossiyada 2 mln 200 ming o‘zbekistonlik ishlamoqda. «Bundan bizning ham yuragimiz achiydi, biz ham hamma bag‘rimizda bo‘lib, mana shu yerda ishlashini xohlaymiz... Hozir yangi-yangi ish o‘rinlarini yaratyapmiz», — dedi bosh vazir.

Shuningdek, ushbu migrantlar har oy 100 dollarga yaqin patent to‘lashga majbur bo‘layotgani ta’kidlandi. Bu esa o‘za navbatida yiligi 1000 dollar pul to‘lanilayotganiini anglatmoqda.

«Endi, agar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘ladigan bo‘lsak, to‘g‘ri, bu kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas — o‘zicha siyosatdonlar ko‘payib ketdi: ‘Mustaqillikni berib qo‘yamiz’, deydigan. Kimga beryapmiz mustaqillikni? Mustaqillikning berilishini nimada ko‘ryapsizlar, deb savol beradigan odamning o‘zi yo‘q», — dedi Abdulla Aripov.

Aripovning ta’kidlashicha agar biznikilar uchun patent bekor qilinadigan bo‘lsa chetda ishlayotgan 2 million atrofidagi o‘zbekistonlik uchun yilda 2 mlrd.ga yaqin pul tejalib qolingan bo‘ladi.

Bosh vazir yaqinda ushbu masala parlamentga olib chiqilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:53 18.02.2020. O'qildi: 3641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!