Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Abdulla Aripov avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish uchun ishchi guruhni Qozog‘istonga yubordi

Abdulla Aripov avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatish uchun ishchi guruhni Qozog‘istonga yubordi

FVV Qozog‘iston Respublikasining Jambul oblasti Jualin rayonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshirig‘iga asosan, Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Julain tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish, ularni O‘zbekistonga qaytarish hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari rahbarligida Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Qozog‘iston Respublikasiga yuborildi.

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan zarur ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Nukus Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 22:15 13.05.2022. O'qildi: 2629 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!