O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 14-15 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.
Nyu-Dehli shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegasiyasi Raisina Dialogue 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.
Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegasiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.