Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Abdulaziz Komilov ertaga Italiyaga yo‘l oladi

Abdulaziz Komilov ertaga Italiyaga yo‘l oladi

2019 yilning 11-13 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Italiya Respublikasiga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Rim shahrida tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Vatikanda bo‘lish va arxiyepiskop Pol Richard Gallaxer bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Italiyada bo‘lish chog‘ida O‘zbekiston delegasiyasi «Italiya – Markaziy Osiyo: o‘zaro tushunish, hamkorlik va sheriklikni mustahkamlash» xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida.

Kiritildi: 11:25 10.12.2019. O'qildi: 1539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!