Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

9 soatlik operasiya: sportchining hozirgi ahvoli qanday? (foto)

9 soatlik operasiya: sportchining hozirgi ahvoli qanday? (foto)

AQShning Texasidan bo‘lgan Seyj Nortkatt MMA bo‘yicha musobaqada ishtirok etish uchun Singapurga uchib ketgandi. Sportchi uchun bu birinchi musobaqa edi.

Nortkatt jangning 29-soniyasiga nokautga uchradi. Uning raqibi — braziliyalik sportchi Kosmo Aleksandrning xavfli zarbasidan keyin 23 yoshli jangchi to‘g‘ri operasiya stoliga yotqizildi, deb yozadi "Daily Mirror".

Seyjning tanasida 8 ta sinish jarohati aniqlandi. Sportchi rentgen natijalari aks etgan suratni instagramdagi sahifasiga joyladi. Uning operasiyasi 9 soat davom etdi va juda og‘ir kechdi.

Sportchi o‘z postida uni qo‘llab-quvvatlagan oila a’zolari, do‘stlari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi., Qolaversa, yana ringga qaytmoqchi ekanligini ta’kidladi.

 

Kiritildi: 11:50 23.05.2019. O'qildi: 2747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!