Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

9 oylik go‘dak tanasidan 10 ta igna topildi

A A A
9 oylik go‘dak tanasidan 10 ta igna topildi

Dushanbedagi Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik go‘dak tanasida 10 ta igna borligini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

 

O‘tkazilgan rentgen natijasida, bolaning bosh, burun, oyoq, bo‘yin va ko‘krak qafas qismlarida ignalar borligi aniqlangan. Dastlabki operasiya davomida 6ta igna chiqarib olingan.

Ignalar qanday qilib bolaning tanasiga tushib qolgani hozircha noma’lum. Operasiyaga qadar bola o‘zini tinch tutgan, uni biror narsa bezovta qilayotgani sezilmagan.

 

Bolaning onasi 28 iyun kuni go‘dak milkida ignalarning birini payqab qolgan va uni chiqarib olgan. Shundan so‘ng ular kasalxonaga murojaat qilishgan.

Uning otasi Rossiyada mehnat migranti, onasi – uy bekasi va  bolalarni bir o‘zi tarbiyalaydi.

 

Manba: sputniknews-uz.com

 

Kiritildi: 15:32 04.07.2018. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik