Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

9 avgust kunining eng yuqori bali Farg‘ona davlat universitetida qayd etildi

9 avgust kunining eng yuqori bali Farg‘ona davlat universitetida qayd etildi
Davlat test markazi tomonidan Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining to‘qqizinchi kuni natijalari e’lon qilindi.
 
Unga ko‘ra 9 avgust kuni davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 170,3 bo‘lib, Farg‘ona davlat universitetining «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali ham aynan Farg‘ona davlat universitetining «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi bo‘ldi va 151,6 ballni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali davlat granti – 97,3 ball, to‘lov-kontrakt – 79,9 ball bo‘ldi.
 
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 95 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi. Jarayonda 57 577 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test sinovlariga 1 543 nafar abituriyent kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 10 avgust kuni soat 18.45da e’lon qilindi.
 

Manba: uza.uz
Kiritildi: 00:21 11.08.2018. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!