Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

8 yoshli nevarasiga shilqimlik qilgan buvajon 17 yilga qamaldi

8 yoshli nevarasiga shilqimlik qilgan buvajon 17 yilga qamaldi

Ostonalik pensioner 8 yoshli nevarasiga shilqimlik qilgani uchun 17 yilga qamaldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar berdi.

66 yoshli buvajon o‘tgan yili nabirasi bilan ko‘pincha uyda yolg‘iz qolgan. U qizaloqni kattalar uchun mo‘ljallangan filmni tomosha qilishga majbur qilgan, so‘ng unga shilqimlik qila boshlagan. Qizaloq esa behayo kinolar va harakatlar haqida ota-onasiga gapirib bergan.

Qizaloqning onasi qaynotasini kechiradi, ammo sud emas. Yarim yil davomida yig‘ilgan dalillar shilqim buvajonni qamashga yetdi.

Ozodlikdan mahrum etish jazosidan tashqari, jinoyatchi jabrlanganlarning kompensasiya jamg‘armasiga taxminan 80 ming tanga (210 AQSh dollari), protsessual xarajatlarni qoplash uchun esa taxminan 1 mln tanga to‘laydi. U, shuningdek, psixolog tomonidan poliklinikada davolanishga ham majbur.

Kiritildi: 21:46 16.01.2019. O'qildi: 3859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!