Al-Qassom Brigadalari Harbiy Kengashi a’zosi Izziddin Al-Haddod Jazira telekanalining “The Hidden More” hujjatli filmida 7-oktyabr voqealari haqida qiziqarli bayonotlar berdi:
⭕️ 7-oktyabrdan oldin isroil G‘azoga hujum qilishga hozirlik ko‘rayotganidan xabar topdik.
⭕️ Dushmanning rejasida barcha qarshilik guruhlariga havo hujumi uyushtirilishi, so‘ngra keng ko‘lamli va vayronkor shaklda quruqlikdan bostirib kirishi nazarda tutilgan edi.
⭕️ Biz ushbu razvedka ma’lumotlariga jiddiy yondoshdik. Shu bilan birga, biz barcha vositachilar bilan aloqalarni davom ettirdik va oldindan zarba berish uchun harbiy variantlarimizdan foydalanishni buyurdik.