2020 yil 10 noyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 69 095(+68) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌66 nafari Toshkent shahrida,
📌2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️Bugun ayni paytga qadar:
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
📌Andijon viloyatida 14 nafar,
📌Jizzax viloyatida 6 nafar,
📌Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
📌Surxondaryo viloyatida 8 nafar,
📌Navoiy viloyatida 3 nafar,
📌Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
📌Toshkent viloyatida 40 nafar,
📌Toshkent shahrida 57 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 66 335 (+141) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 172 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.