Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

63-o‘lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi

63-o‘lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi

Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. (erkak) joriy yil 6 iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. 

Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o‘ta og‘ir ahvolda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi hamda insult tashxisi qo‘yilgan. Xastalik miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og‘rigan, 2019 yilda insultni o‘tkazgan.
 
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 
 
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 23:33 13.07.2020. O'qildi: 2914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!