Insonparvalik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Joriy yilning 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Dilobar Axrorovna tomonidan insonparvarlik prinsipidan kelib chiqib, 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 6 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilroq jazoga almashtirildi va mahkumlar o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.
Sud raisi D. Ergashevaning fikricha, inson hayotining quvonchu tashvishlari, baxtli va behalovat damlarini mujassam qilgan oilaning qadriga yetmoqlik-saodat. Uni asrab-avaylash yo‘lidagi so‘qmoqlardan sabr-matonat bilan o‘tganlar saodatmand.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Tomdi tuman sudining raisi
D.A.Ergasheva