Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

6 bolali O‘zbekiston fuqarosi RFdan majburan chiqarib yuborildi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi

6 bolali O‘zbekiston fuqarosi RFdan majburan chiqarib yuborildi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi

📌 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) nomiga joriy yilning 9 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Tatariston Respublikasi Bolalar ombudsmanining murojaati kelib tushdi.

📃 Murojaatda O‘zbekiston fuqarosi N.Q (ayol) 20 yil avval doimiy yashash uchun Rossiya Federasiyasining Qozon shahriga kelganligi, yong‘in oqibatida uning fuqarolik pasporti yonib ketganligi va RFda hech qanday hujjatlarsiz yashaganligi, N.Q. da bu vaqt davomida 6 nafar farzandi tug‘ilganligi, Qozon shahri tuman sudining qarori bilan u farzandlari bilan shu yilning 5 mart kuni RFdan majburan chiqarib yuborilganligi aytilgan.

❕Shu bilan birga, Tatariston Bolalar ombudsmani hozirda N.Q. 6 nafar farzandi bilan Toshkent shahrida boshpanasiz va pulsiz og‘ir ahvolda ekanligini va bu oila ijtimoiy hamda boshqa turdagi yordamga nihoyatda muhtojligini bildirgan.

Bolalar ombudsmani xorijiy so‘rovda bayon etilgan holatni atroflicha o‘rganib, vaziyat yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va IIVga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan ushbu murakkab holat kompleks ravishda atroflicha o‘rganilib, N.Q. va uning 6 nafar farzandiga qator muammoli masalalarda manzilli ko‘mak ko‘rsatildi✅.

🖇 Jumladan, joriy yilning aprel oyida ayol va uning farzandlari uchun eng zaruriy birinchi navbatdagi ko‘mak ko‘rsatilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa maishiy ehtiyojlari ta’minlandi hamda bugungi kunda bu borada ko‘mak davom ettirilmoqda.

📍Muhimi, Agentlik sa’y-harakatlari bilan 26 aprel kuni oila vaqtincha boshpana uy-joyga joylashtirildi.

Shuningdek, IIV tomonidan 24 aprel kuni N.Q. ga va uning voyaga yetgan farzandi I.Q. (2006 yilda tug‘ilgan) ga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirib berildi📑.

N.Q. farzandlari bilan RFning Tatariston Respublikasiga tez kunda qaytish va farzandlari u yerda o‘z ta’limini davom ettirishi istagida ekanligidan kelib chiqib, hozirda uning barcha farzandlariga (2009 yilda tug‘ilgan L.Q., 2011 yilda tug‘ilgan R.Q., 2015 yilda tug‘ilgan I.Q., 2017 yilda tug‘ilgan I.K., 2022 yilda tug‘ilgan A.Q.) xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish jarayonidadir.

O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani xorijiy hamkasbi bilan N.Q. ning RF Qozon shahri sudining deportasiyaga oid qarorining yuqori instansiyada qayta ko‘rilishida N.Q. va uning RFda tug‘ilgan farzandlarining qonuniy manfaatlarini himoyalash yuzasidan huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishiga oid muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: 20:02 29.04.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!