Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

59 yoshli otaxon 120 yoshga to‘lgan mahalliy masjidga g‘amxo‘rlik qilmoqda

59 yoshli otaxon 120 yoshga to‘lgan mahalliy masjidga g‘amxo‘rlik qilmoqda

"Hindistonning Uttar Pradesh shahridagi Muzaffar tumani musulmonlarini hindlarning ko‘pchiligi tomonidan ta’qib qilinishi natijasida, 2013 yilda faol fuqarolik pozisiyasi bo‘lgan mahalliy fuqarolardan biri hamfikrlarini to‘plab, qishloq jomesini pogromlar paytida vayron qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun himoya qilgan edi" – deb yozadi IslamNews.

5 yil o‘tcayamki, 59 yoshli Hindu Ramvir Kashyap hali ham 120 yoshga to‘lgan mahalliy masjidga g‘amxo‘rlik qilmoqda, garchi u masjidni zo‘ravonliklar boshlangan o‘sha paytda yer bilan bitta qilib yuborishlari mumkin edi. O‘sha kundan buyon, masjid joylashgan Nanheda qishlog‘ida hech qanday Islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi qolmagan bo‘lsada, bu ibodat qilinadigan binoni saqlab qolishni o‘z burchi deb hisoblaydi.

Xususan, tushlik paytida Ramvir ibodatxona binosida ishlaydi, u yerni tozalaydi. Ramazon arafasida binoni oqlab, bo‘yog‘ini yangilaydi. Muzaffaragar shahrida istiqomat qiluvchi bu kishi shunday deydi: «Mening iymonim barcha ibodatxonalarni hurmat qilishga o‘rgatadi”.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:31 15.09.2018. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!