Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

59 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ipoteka krediti oldi

59 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ipoteka krediti oldi

2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston tijorat banklari 59,2 ming nafar fuqaroga jami 18,3 trln so‘m ipoteka krediti ajratdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 trln so‘mga ko‘p.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari moliyalashtirish manbasiga qarab 16,9 foizdan 21,6 foizgacha bo‘lgan.

Ajratilgan mablag‘larning 74 foizi yoki 13,6 trln so‘mi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalishda 43,7 ming nafar fuqaro kredit olgan. Ikkilamchi bozor hissasi esa 4,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Ipoteka olganlarning 64 foizi 31–50 yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qarz oluvchilar orasida erkaklar ulushi 53 foiz, ayollarniki 47 foizni tashkil etgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahri 5,59 trln so‘mlik ipoteka kreditlari bilan yetakchilik qilgan. Banklar orasida esa eng katta hajm Xalq banki hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ipoteka kreditlari hajmi so‘nggi yillarda izchil o‘sib bormoqda. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 21,2 trln so‘mni tashkil etgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:59. O'qildi: 154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!