Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

50 yildan so‘ng ayollar qanday bo‘ladilar?

A A A
50 yildan so‘ng ayollar qanday bo‘ladilar?

Ayollar 50 yildan so‘ng qanday bo‘ladilar? Futurologlar bu savolga bugundanoq javob berishga intilmoqdalar. Dunyo bir joyda turmaydi, evolyusiya davom etadi, ayollar ham o‘zgaradi, deya ta’kidlamoqda "Darakchi" nashri.

Yanada go‘zallashadilar

Kelajak ayollari bugungidan ham yanada ko‘proq chiroy ochadilar. Xelsinski Univeristetining bir guruh olimlari shunday xulosa berishmoqda.

Tadqiqotchilarning aytishicha, go‘zal ayollar 16 %ga ko‘proq farzand dunyoga keltirar ekanlar. Qolaversa, ularning farzandlari ham chiroyli bo‘ladi.

Ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi

Londondagi Satosha Kanazama iqtisod maktabining evolyusion psixologiya mutaxassislarining o‘tkazgan tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ota-onalarning ikkalasi ham ko‘rkam bo‘lsa ham oilada qizaloq dunyoga kelish ehtimoli kelajakda yanada, 26 foizga oshar ekan. Xullas, 50 yildan so‘ng dunyoda ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi.

Bo‘ylari pastlashadi

Yel universitetining biologiya professori Stiven Stirns tadqiqot natijalari kelajakda ayollar bugungiga nisbatan past bo‘yli bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

14 ming tibbiy kartalar o‘rganilish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, past bo‘yli va og‘ir ayollar yengil va baland bo‘yli ayollarga nisbatan ko‘proq farzand dunyoga keltirishar ekan.

Bir-birlariga o‘xshab qoladilar

Olimlarning aytishicha, zamonaviy globallashuv, immigrasiya va assimilyasiya ayollarning yuz tuzilishi hususiyatlarini umumiylashadi. Xol, moviy va zangori ko‘zlar noyob bo‘lib qoladi.

Biznesga ko‘proq ta’sir o‘tkazadilar

Olimlarning prognozlariga ko‘ra, joriy asrni matriarxat asri deb atash mumkin. Bundan yuz yil avval ayollar muhim lavozimlarni egallay boshlagandilar, lekin yildan yilga biznesda ayollar soni oshmoqda va ular bu sohaga ko‘roq ta’sir o‘tkazmoqdalar.

 

Kiritildi: 10:09 13.08.2018. O'qildi: 3005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik