Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

5 yil stajga ega xodimlarni talabalikka tavsiya qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi (foto)

5 yil stajga ega xodimlarni talabalikka tavsiya qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi (foto)

Vanihoyat Davlat qabul komissiyasining qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi (ro‘yxat pastdagi suratda). Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

 Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.

Sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil o‘qiladi.

Suhbat asosida talaba bo‘lgan xodimlarning to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot tomonidan to‘lab beriladi.

Tavsiyanoma olgan xodimlar 20 iyulgacha (shu kuni ham) quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- ariza;
- diplom yoki shahodatnoma;
- pasport nusxasi (originali ko‘rsatiladi);
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
- mehnat daftarchasidan tasdiqlangan ko‘chirma;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- tashkilotning to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanoma olgan xodim-abituriyentlar uchun suhbatlar 10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 09:49 10.07.2019. O'qildi: 8717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!