Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

5 ta tuman hokimining ikki oylik ish haqi jazo tariqasida olib qo‘yildi

5 ta tuman hokimining ikki oylik ish haqi jazo tariqasida olib qo‘yildi

Toshkent viloyati hokimining 13 oktyabrdagi farmoyishiga asosan Pskent, Bekobod, Bo‘ka, Chinoz, Yangiyo‘l tumani hokimlari ikki oylik maoshidan ayrildi. Bu mablag‘ davlatga qaytariladi.

Hujjatda qayd etilishicha, hokimlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “2018 yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun mazkur chora ko‘rilgan. Bundan tashqari, tuman uchun belgilangan kunlik reja bajarilmasa, ular ishdan ozod etilishi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati fermerlari va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan uchrashib, paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay yig‘ib olish zarurligini ta’kidlagan edi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 18:20 13.10.2018. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!