Joriy yilning 5 avgust kunidan boshlab oliygohlarga kirish uchun imtihonlar boshlanadi. Hududlarda imtihon o‘tkaziladigan joylarga kelish va ketishda yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ma’lum ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.
Bular:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi atrofi
Nukus shahri, Xurliman qiz baxshi ko‘chasi
Nukus shahri, Allayor Do‘snazarov ko‘chasi
Urganch shahar, Pahlavon Mahmud ko‘chasi
Urganch shahar, Yoshlik ko‘chasi
🔹 Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohi atrofi
Termiz shahar, Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari
Denov tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi
🔹 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni atrofi
Qarshi shahar, Mustaqillik va Alisher Navoiy ko‘chalari
🔹 Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasi atrofi
I.Mo‘minov ko‘chasining Hamza ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Navoiy shoh bilan kesishgan qismigacha, Hamza ko‘chasining Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan I.Mo‘minov ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha
M.Iqbol ko‘chasining I.Karimov ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Zulfiya ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha
I.Karimov ko‘chasining Vobkent ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Ibn
Sino ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha
🔹 Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohi atrofi
Navoiy shahar, Me’morlar ko‘chasi qisman, ya’ni bir tomonlama
Navoiy shahar, Zarapetyan ko‘chasi to‘liq
🔹 Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Lokomotiv" futbol o‘yingohi atrofi
Samarqand shahar, Islohot ko‘chasi
Samarqand shahar, Turkiston ko‘chasi
Samarqand shahar, Umid ko‘chasi
Samarqand tumani, Rustam MFY, Rustam qishlog‘i
4K512 “O‘rtabo‘z q.-Jomboy q.-Galakapa q.” avtomobil yo‘lining 1-2 kilometrlari oralig‘ida yo‘lni bir tomonida
🔹 Jizzax viloyati, Jizzah shahridagi "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi atrofi
Jizzax shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi
🔹 Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi "Guliston" markaziy o‘yingohi atrofi
Guliston shahar, Alisher Navoiy, Sayhun, Jambul, Navbahor, Bo‘ston, Gulshan, Tinchlik ko‘chalari
🔹 Namangan viloyati, Namangan shahridagi "Navbahor-Umid" o‘yingohi atrofi
Islom Karimov va Ququmboy shoh ko‘chadan olib kiruvchi yo‘l
Namangan shahar, G‘irvonsoy ko‘chasi
To‘raqo‘rg‘on tumani, Istiqlol ko‘chasi
🔹 Andijon viloyati, Andijon shahridagi "Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi"ning asosiy o‘yingohi atrofi
Andijon shahar, Lermontov, Mashrab va Sariq uy ko‘chalari
🔹 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi Farg‘ona davlat universitetining o‘yingohi atrofi
Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy, Murabbiylar va Bobur ko‘chalari
Farg‘ona shahar, Marg‘ilon ko‘chasi
Marg‘ilon shahridagi "2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi"ga olib kiruvchi ko‘chalar