Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

42 mamlakat va tashkilot Ukrainani qayta tiklash to‘g‘risida deklarasiya qabul qildi

42 mamlakat va tashkilot Ukrainani qayta tiklash to‘g‘risida deklarasiya qabul qildi

Shveysariyaning Lugano shahrida bo‘lib o‘tgan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiyaning 42 davlat va tashkilot vakillari tomonidan imzolangan yakuniy deklarasiyasi e’lon qilindi.
Hujjat qonuniy kuchga ega emas. Unda jahon hamjamiyati Ukrainaning tiklanishiga yordam beradigan umumiy tamoyillar bayon etilgan. Hujjatda, shuningdek, tiklash rejasi "yashashi" va o‘zgarishi mumkinligi aytiladi.
Hujjatni imzolagan davlatlar Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar Ukraina rasmiylari tomonidan nazorat qilinishi, jarayon esa odamlarning demokratik ishtiroki va gender tengligi tamoyiliga asoslangan holda to‘liq moliyaviy shaffof bo‘lishi kerakligiga rozilik bildirdi.

Kiritildi: 04:50 06.07.2022. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!