Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

40 yoshli Luka Modrichning kelajagi aniq bo‘ldi

40 yoshli Luka Modrichning kelajagi aniq bo‘ldi

Yarim himoyachi Luka Modrich «Milan»da o‘ynashda davom etadi. «Rossonerilar» o‘z rasmiy saytida 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi.

Modrich 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Luka «Milan»da 14-raqam ostida to‘p surishni davom ettiradi.

Luka Modrich «Real»dagi 13 mavsumdan so‘ng o‘tgan yozda «Milan» safiga kelib qo‘shilgan edi. Xorvatiyalik yarim himoyachi A Seriya klubi tarkibida 37 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

«Milan» o‘tgan mavsumda A Seriyada beshinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 23:07 23.07.2026. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!