Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

40 yoshli ayolning hazili o‘zining boshiga yetdi

A A A
40 yoshli ayolning hazili o‘zining boshiga yetdi

40 yoshli Xaydi Chokli Angliyaning Kembrij shahrida joylashgan yer osti avtomobillar turar joyining avtomatik eshigida hazil sifatida "uchishni" xohlagani o‘zining boshiga yetdi deydi “Daily Mail”.

 Xaydi va uning dugonasi Syuzan Gilmor kechki payt birga o‘tirmoqchi bo‘lishadi, shuning uchun ular mashinani uyining yonida joylashgan avtomobillar turar joyiga qo‘yishadi. U yerdan chiqish paytida esa Xaydi garajning tugmachasini bosadi va dugonasidan “Shu eshik ochilganida unga osilib ko‘rganmisan?” deya so‘raydi.

Ayni paytda ayol eshikni ushlab oladi va tasodifan qo‘llarini mexanizm tepaga tortib ketadi. Dugonasining so‘zlariga ko‘ra, hodisa bir necha soniya ichida yuz bergan va u hech narsani tushunishga ham ulgurmagan. Keyingi daqiqada u Xaydining yerdan bir metr tepada osilganligini va uning og‘zidan qon oqayotganini ko‘radi.

Tekshiruv natijasida Xaydining jag‘, qovurg‘alari, orqa miya va qo‘llarining singanligi aniqlandi. Uning tanasida spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar topilmadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning bir nafar farzandi bor ekan.

Kiritildi: 09:28 27.10.2018. O'qildi: 2419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik