28 yoshli bu qiz yaqinda 115 kilogramm vaznga ega edi. Ortiqcha vazn nafaqat shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yishda, balki sog‘lig‘iga ham katta ta’sir ko‘rsatayotgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tirib ishlash va noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida u shu darajaga yetib kelgan. Bir kuni sog‘lig‘i hamma narsadan muhim ekanligini anglab yetgan qiz uch oy tinimsiz mashq qilish va to‘g‘ri ovqatlanish natijasida 27 kilogrammgacha ozishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir necha oydan so‘ng esa uning vazni 72 kgga tushib qoldi. Bo‘yi esa 1,84 metrni tashkil qiladi.
Fitnes-klubda bir yarim yil mashq qilgan qiz ayni shu yerda bir yosh atlet yigit bilan tanishib qoldi va unga turmushga chiqdi.
ru.tsn.ua