Isroil qo‘shini bugun ertalab G‘arbiy sohilning Romalloh shahrida 4 nafar jurnalistni qamoqqa oldi. Bu haqida «Anodolu» xabar tarqatdi.
Guvohlarni «Anadolu»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, harbiylar Romalloh shahriga hujum qilgan. Quddus kanalida (Bayrutda joylashgan) erkin tarzda ishlaydigan 4 jurnalistni qamoqqa oldi. Ular A’lo Raymoviy, Muhammad Alvon, Qutayba Hamadon va Husni Abduljalillardir.
Ular HAMAS harakatidan moliyaviy yordam olganlikda ayblanmoqdalar.
Isroil mudofaa vaziri Liberman joriy oy boshida Isroilda Quddus fazoviy kanalini taqiqlagan edi.
Manba: azon.uz