Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

32 ta noqonuniy neftni qayta ishlash zavodi yo‘q qilindi

32 ta noqonuniy neftni qayta ishlash zavodi yo‘q qilindi

Nigeriyada noqonuniy xom neftni qayta ishlash uchun foydalaniladigan 32 zavod yo‘q qilindi. Bu haqda Nigeriya armiyasi vakili Danjuma Jon Danjuma ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, armiya mamlakatning neft qazib oluvchi hududi bo‘lgan Niger deltasida neft kontrabandachilariga qarshi operasiya o‘tkazgan.

Amaliyotlar davomida 32 ta korxona vayron qilingan, bundan tashqari 25 ta kichik kema va bir nechta neft tankerlari qo‘lga olingan.

Mamlakatda neftdan noqonuniy foydalanish Nigeriya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Nigeriyalik senator Ned Nvoko 2023 yilda mamlakatda neft o‘g‘irlashning kuchayishi va quvurlariga hujumlar tufayli mamlakat 3 milliard dollardan ko‘proq yo‘qotishini aytdi.

Nigeriyaning tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 37 milliard barrelni tashkil etadi, bu global zaxiralarning 3,1 foizini tashkil qiladi.

Dunyoning eng yirik 15 xom neft ishlab chiqaruvchi davlatlari qatoriga kirgan Nigeriya dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega 8-mamlakat va neft eksporti bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!