Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

3 ta davlat Ho‘rmuz bo‘g‘oziga aloqador BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini bloklamoqchi

3 ta davlat Ho‘rmuz bo‘g‘oziga aloqador BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini bloklamoqchi

Fransiya, Xitoy va Rossiya Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kuch ishlatish orqali ochishga ruxsat beruvchi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasini bloklamoqda, deb yozmoqda NYT.

Nashrga ko‘ra, gap Bahrayn tomonidan Fors ko‘rfazi davlatlari qo‘llab-quvvatlovi bilan tayyorlangan loyiha haqida ketmoqda. U bo‘yicha ovoz berish juma kuni o‘tkazilishi kutilyapti, biroq asosiy davlatlarning ishtiroki so‘roq ostida qolgan.

Diplomatlar va BMT vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Parij, Moskva va Pekin kuch ishlatishga yo‘l qo‘yuvchi bandlarga qarshi chiqmoqda. Aynan mana shu band — bo‘g‘oz orqali o‘tishni ta’minlash uchun "barcha zarur vositalardan foydalanish"ga beriladigan ruxsat asosiy bahs mavzusiga aylandi.

Kelishmovchiliklar nafaqat veto huquqiga ega doimiy a’zolar, balki Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zolari o‘rtasida ham yuzaga kelgan. Hujjat loyihasi allaqachon bir necha bor qayta ishlangan va hozirda uning to‘rtinchi tahriri muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:29. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!